BSBonlayn baholash

O‘qituvchilar bilan birga qurilayotgan platforma

BSB bitta maktabdagi oddiy ehtiyojdan boshlandi: informatika fanidan oraliq nazoratni qog‘ozsiz, kompyuterda o‘tkazish va yozma javoblarni tekshirishga ketadigan soatlarni qisqartirish.

Qanday boshlangan

Birinchi versiya 2026-yil sentabrda ishga tushdi: o‘quvchi sinfini va ismini tanlab, doskadagi kod bilan testga kirardi. Yopiq savollar avtomatik, yozma javoblar AI yordamida tekshirilardi.

Keyingi haftalarda o‘qituvchilar har kuni nimadir so‘radi. Rasmli topshiriqlar, darslik asosida tekshirish, tasodifiy savollar, jadvalli javoblar, boshqa fanlar, har bir o‘qituvchiga alohida login, loyiha ishlari. Har bir taklif keyingi versiyaga kirdi. Bir oy ichida 9 ta versiya chiqdi, ularning hammasi Yangilanishlar sahifasida.

Nimaga tayanamiz

Blog muallifi

J
Jahongir Xushboqov

Termizlik full-stack dasturchi, 8 yillik tajribaga ega. Bizneslar uchun veb-saytlar, CRM va ERP tizimlarini joriy qiladi, jarayonlarni tizimlashtirish va avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadi. Sun’iy intellektdan har kuni amalda foydalanadi. Taxminan 8 yildan beri yoshlarga dasturlash va sun’iy intellektni o‘rgatib keladi.

Biz bilan bog‘laning

Platformani o‘z sinfingizda sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz yoki taklifingiz bo‘lsa, aloqa sahifasida ariza qoldiring.