Yangilanishlar
Platforma har hafta o‘qituvchilarning takliflari bilan yangilanadi. Har bir versiyada nima qo‘shilgani va qaysi xato tuzatilgani — shu yerda. Hozirgi versiya: 2.0.0.
-
v2.0.0
Mustaqil platforma
Qo‘shildi
- «Yangilanishlar» bo‘limi: har bir versiyada nima qo‘shilgani va nima tuzatilgani kabinetda ham, saytda ham ko‘rinadi.
- Platformaning o‘z sayti: imkoniyatlar, ustozlar uchun skrinshotli qo‘llanma (PDF qilib yuklab olish ham mumkin) va blog.
- O‘quvchi kirish sahifasida maktab saytining nomi o‘rniga test egasi bo‘lgan o‘qituvchining maktabi ko‘rsatiladi.
- Saytdagi «Sinab ko‘rish» arizalari administrator kabinetida, «Arizalar» bo‘limida ko‘rinadi.
Tuzatildi
- Platforma maktab saytidan to‘liq ajratildi: alohida loyiha, serverda alohida joy. Havolalar, loginlar, testlar va natijalar o‘zgarmadi.
- Natija sahifasida va o‘qituvchining tekshirish oynasida test javobi «b» harfi bilan emas, «B) Klaviatura» ko‘rinishida chiqadi. Ko‘p javobli savolda o‘quvchining javobi umuman ko‘rinmasdi.
-
v1.7.0
Loyiha ishi
Qo‘shildi
- «Loyiha ishi» turi: o‘quvchi Scratch (.sb3), video, audio yoki hujjat topshiradi. Daqiqa o‘rniga topshirish muddati (sana va vaqt) beriladi.
- Katta fayllar bo‘laklab yuklanadi, yuklanish foizi ko‘rinadi, internet uzilsa o‘zi qayta urinadi. Muddat tugaguncha faylni almashtirish mumkin.
- AI Scratch bloklarini, hujjat sahifalarini va video kadrlarini mezon bo‘yicha tekshiradi. Kadrdan aniqlab bo‘lmaydigan talabni o‘qituvchiga qoldiradi.
- Tekshirish oynasida video va audio shu sahifaning o‘zida ijro etiladi, har bir mezon yonida AI qarori va izohi turadi.
- Loyiha hujjatini (.docx) «BSB faylidan» yuklasangiz, AI uni shart, mezon va fayl joylari bilan tayyor loyiha savoliga aylantiradi.
Tuzatildi
- ChSB demo testlarida ballar 10 barobar katta chiqardi (400 ball). Endi 40 ball, o‘quvchilarning foizlari o‘zgarmadi.
- Savol matnida javob variantlari (A, B, C…) ikki marta yozilib qolardi, ortiqchasi olib tashlandi.
-
v1.6.0
Test turlari, natijani ochish va umumiy testlar
Qo‘shildi
- Test turi tanlanadi: BSB, ChSB yoki oddiy test. Yopiq savolli testlarda ortiqcha sozlamalar ko‘rinmaydi.
- Natija qachon ko‘rinishini tanlaysiz: butun sinf tugatganda, siz ruxsat berganingizda yoki darhol. Endi o‘quvchilar javoblarni bir-biriga aytib bera olmaydi.
- Yopiq savollar uchun AI qisqa izoh yozadi: xato qilgan o‘quvchiga to‘g‘ri javob va uning sababi ko‘rsatiladi.
- O‘quvchiga tavsiyalarda darslikdagi mavzu nomi va bet raqami yoziladi.
- Testni ochishdan oldin uni o‘quvchi ko‘zi bilan ko‘rib chiqish (oldindan ko‘rish).
- «Umumiy testlar»: administrator testni shu fan o‘qituvchilari bilan bo‘lishadi, o‘qituvchi so‘rov yuborib, testni o‘ziga nusxa qilib oladi.
- Ball kasr son bo‘lishi mumkin (masalan, 2,4 ball). O‘qituvchi har bir javob balini 0,1 aniqlikda o‘zgartira oladi.
Tuzatildi
- ChSB faylini yuklashda savollar raqami, to‘liq matni va ballari (B — 2, Q — 2,4, M — 5) to‘g‘ri olinadi. Kalit yo‘q savolga AI javobni o‘zi topadi.
- Google Forms natijalarini yuklash tugmasi faqat administratorda qoldi.
-
v1.5.0
O‘qituvchining o‘z sinflari va maktablar
Qo‘shildi
- Har bir o‘qituvchi sinflarini o‘zi yaratadi va o‘quvchilarni qatorma-qator formada qo‘shadi, tahrirlaydi, o‘chiradi.
- Ishni boshlashdan oldin viloyat, tuman, maktab va uning manzili so‘raladi.
- Har kim faqat o‘z sinflarini ko‘radi. Bir maktab o‘qituvchilari sinflarini sinxronlashtira oladi: so‘rov boradi, hamkasb rozi bo‘lsa sinflar umumiy bo‘ladi.
- Administrator foydalanuvchilar, sinflar va o‘quvchilarni hududlar va maktablar bo‘yicha ko‘radi.
- Baholash xalqaro tamoyillar bo‘yicha: qisqa, lekin to‘g‘ri javob ball yo‘qotmaydi, qisman to‘g‘ri javobga qisman ball beriladi.
- Imlo xatosi uchun ball ayirish har bir test uchun alohida yoqiladi yoki o‘chiriladi.
Tuzatildi
- AI ba’zi yozma javoblarga keragidan past ball qo‘yardi. Qayta baholashda ball faqat oshishi mumkin, tushmaydi.
- Darsliklardagi «Bet raqamlari» maydoni olib tashlandi: bet raqami endi avtomatik aniqlanadi.
-
v1.4.0
Fanlar, o‘qituvchi loginlari va hisobotlar
Qo‘shildi
- Boshqa fanlar qo‘shildi (birinchisi — Rus tili). Fanlarning savollari, darsliklari va testlari bir-biriga aralashmaydi.
- Har bir o‘qituvchiga alohida login. O‘qituvchi o‘z faniga biriktiriladi va faqat o‘z testlari va natijalarini ko‘radi.
- Butun BSB faylini (PDF, Word yoki rasmlar) bir marta yuklash: AI uni savollarga ajratadi, siz tasdiqlaysiz.
- AI darslik asosida BSB talablariga mos topshiriq tuzib beradi.
- Natijalar va tahlil bitta PDF hisobotda, Excel’ga eksport, har bir o‘quvchiga bir betlik PDF tahlil.
- ChSB savollarini va Google Forms natijalarini yuklash.
- Har sahifa tepasida yo‘l ko‘rsatkich, tahrirlash alohida sahifada ochiladi.
Tuzatildi
- «Bob» va «Baho» maydonlari olib tashlandi: nazorat ishida faqat ball qo‘yiladi.
- Savolni tahrirlash tugmasi (qalamcha) bosilganda hech narsa bo‘lmasdi.
- PDF hisobotda vaqt noto‘g‘ri chiqardi, endi Toshkent vaqti bilan.
- Qisqa, lekin to‘g‘ri javoblarga kam ball qo‘yilardi.
-
v1.3.0
Tasodifiy savollar va qayta topshirish
Qo‘shildi
- Tasodifiy savollar: masalan, 10 ta savoldan har bir o‘quvchiga 5 tasi tushadi, jami ball esa hammada bir xil (masalan, 50).
- «Qayta topshirish»: o‘quvchining eski natijasini bekor qilib, testni qaytadan ishlatish.
- Jadvalli topshiriqlarda o‘quvchi javobni jadval katakchalariga yozadi.
- Administrator uchun AI xarajati paneli.
Tuzatildi
- Tasodifiy testlarda jami ball 46–54 orasida chiqib qolardi, endi aniq siz bergan son.
- «1/5» belgisi ikki qatorga bo‘linib ketardi; ba’zi topshiriqlarda javob maydonlari yo‘q edi.
- AI tekshiruvi ancha arzonlashdi va tezlashdi.
-
v1.2.0
Har testga havola va darslik bo‘yicha tekshirish
Qo‘shildi
- Har bir testning alohida havolasi va QR kodi bor. «Doskaga» rejimi kodni sinf doskasida katta qilib ko‘rsatadi.
- Savol kiritish tartibi: turi, savol (rasm yoki matn), baholash mezoni (rasm yoki matn), maksimal ball, sinf va chorak.
- Darsliklar: javoblar darslik asosida tekshiriladi va o‘qituvchiga «N-betdagi ma’lumot asosida» deb ko‘rsatiladi. 5–11-sinf darsliklari yuklandi.
- Imlo xatosi uchun ball ayirish, necha ball ayirilishi sozlamada belgilanadi.
- O‘quvchi javobni boshqa joydan nusxa ko‘chirib qo‘ya olmaydi, faqat o‘zi yozadi.
Tuzatildi
- AI darslikdagi to‘g‘ri javobni o‘z bilimiga tayanib xato deb qo‘yardi. Endi darslikka tayanadi.
-
v1.1.0
Rasmli topshiriqlar va AI tekshiruv
Qo‘shildi
- Rasmli topshiriqlar: savol va uning baholash mezoni rasm ko‘rinishida yuklanadi.
- Ko‘p savolni rasmlardan birdan yuklash.
- «AI tekshiruv»: test tugagach har bir o‘quvchining javobi mezon bo‘yicha avtomatik tekshiriladi.
-
v1.0.0
Birinchi versiya
Qo‘shildi
- O‘quvchi sahifasi: sinfini, ro‘yxatdan ismini tanlaydi va doskadagi kodni kiritadi. Vaqt tugasa ish avtomatik topshiriladi, sahifa yangilansa javoblar yo‘qolmaydi.
- O‘qituvchi paneli: savollar bazasi, sinflar, o‘quvchilar, testlar va natijalar.
- Savol turlari: bitta javobli, ko‘p javobli, to‘g‘ri/noto‘g‘ri, qisqa javob va ochiq javob.
- Yopiq savollar avtomatik, yozma javoblar AI yordamida tekshiriladi. O‘qituvchi har bir ballni o‘zgartira oladi.
- Import qilingan va AI tuzgan savollar o‘qituvchi tasdiqlagandan keyin bazaga qo‘shiladi.